AsosiyShou-biznes

Bir yil avval yaratilgan tarona nima uchun endi ijro etildi... “Yodimda o`zing” Shahlo Ahmedova

Shou-biznes olamiga kirib kelishi bilan yoshlarning sevimli xonandasiga aylanib ulgurgan Shahlo Ahmedova bir zum ijoddan to`xtayotgani yo`q, deb yozmoqda popcorn.uz Ayni ijodga chanqoq va muxlislariga etkazishni istagan ko`plab loyihalari hayolida charx urgan Shahlo uchun bu sevimli mashg`ulotdir.

Aytib o`tishimiz lozim, “Yodimda o`zing” qo`shig`ining so`zi va musiqasi Aziza Nizomovaga tegishli. 

Shahlo Ahmedova:

- Bu qo`shiq aslida bir yil avval yaratilgan, ammo ijro etganimda nimagadir ko`nglim to`lmagan va qolib ketgan. Har doim uni qayta yozish niyatida bo`lsam-da, o`zimga ma`qul keladigan holda chiqmagan. So`ng uni doimiy ijodiy hamkorim Jasur Badalboevga eshittirdim. Ular meni yarim so`zimdanoq tushunadigan inson, balki shuning uchunmi, darhol aranjirovkani o`zgartirish kerakligini aytganlarida bildimki, menga manzur bo`ladigan variantda faqatgina Jasur aka uni tayyorlab bera oladilar. Aytganimdek ham bo`ldi, musiqiy sayqalni o`zgartirdik, ana keyin qo`shiqni o`zimnikidek qabul qila oldim. 

Sevgini tanannum etuvchi taronalar orasida munosib o`rin egallashga loyiq “Yodimda o`zing” qo`shig`i uchun Yodgor Nosirov bilan maslahatlashgan holda klip tasvirga olish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda klip uchun joy tanlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada yangi klipni saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar