AsosiyDunyo

Tailandda yangi yil: yashash qanchaga tushadi

Tailand qish mavsumida mamlakatlari sovuq bo`ladigan insonlar uchun sevimli “qishki” dam olish hududi hisoblanadi. Sayyohlarning ko`p bo`lishi mahalliy aholining dekabr tunida yangi yilni nishonlashlari uchun xalaqit bermaydi.

Shunday ekan, yangi yilni archa atrofida emas, balki dengiz qirg`og`ida kutib olish mumkin. Ushbu quyoshli o`lkada yangi yil bayramini nishonlash uchun yashash joyi ijarasi qanchaga tushadi? Yoki ob-havo qanday bo`ladi?

Yangi yilda Tailandda ob-havo

Tailandda har qanday mamlakatga qaraganda ob-havo umuman boshqacha bo`ladi. Dekabr oyining oxiri va yanvarning boshlarida juda ham qattiq issiq bo`ladi. Havo harorati kunduzi 30gacha ko`tarilib, quyosh porlab turadi. Suvning issiqligi esa 25-27 darajaga teng bo`ladi.

Bangkok

Tailand poytaxti va mamlakatning eng katta shahri hisoblanadi. Bu erda istalgan narxdagi yashash joylarini ijaraga olish mumkin. Ularning narxi sutkasi uchun taxminan 15-14 dollarni tashkil etadi.

Pattayya

Mamlakatning shu nomdagi xalqaro dengiz kurorti bo`lib, Bangkokning janubiy-sharqidan 147 kilometr uzoqlikda. Bu erda eng arzon joyni 29 dollarga ijaraga olishingiz mumkin. Byudjetingizga qarab, 60 dollargacha joylarni topa olasiz.

Pxuket

Tailandning eng katta oroli bo`lib, Bangkokdan 862 kilometr uzoqlikda.

Bu erda bir kunlik yashash xarajati o`rtacha 120 dollargacha.

    Boshqa yangiliklar