“Barselona” klubi jamoa hujumchisi Lionel Messining dubli evaziga “Ayaks” ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozonganidan xabaringiz bor.
Argentinalik futbolchining “Ayaks” darvozasiga kiritgan ikkinchi goli kataloniyaliklarning evrokuboklardagi 1000-goli bo`ldi.
Bundan tashqari, ushbu ikkita gol Messiga Chempionlar ligasida gol kiritish bo`yicha Raulga etib olishga imkon berdi.
Manba: www.championat.com





