AsosiySport

"Roma" fanatlari hakam Janluka Rokki bilan aeroportda uchrashib qolishdi va...

"Roma"ning bir necha yuz nafar muxlislari "Bavariya" bilan uchrashuvni tomosha qilish uchun Myunxenga uchish oldidan aeroportda hakam Janluka Rokkini uchratib qolib, uni haqoratlarga ko`mib tashladilar.
Yodingizda bo`lsa, Rokki 5 oktyabr kuni A-seriyasining 6-turi doirasida "Roma"ning "Yuventus"ga qarshi o`yinini boshqarib borgan va o`sha o`yin rimliklarning 2:3 hisobidagi mag`lubiyati bilan tugagan edi. Rokki "Roma" darvozasi tomon ikkita penalti belgilangani qattiq tanqidlarga uchragan.
Hakam Bryusselga uchib ketish uchun aeroportda samolyot kutib turgan vaqtda "Roma" fanatlari uni mazax qilib qo`shiqlar aytishdi va haqoratlar yog`dirishdi. Oqibatda ishga polisiya aralishishiga to`g`ri keldi.

Manba: www.championat.com

    Boshqa yangiliklar