Janubiy Koreyada cho`kib ketgan «Sevol» paromi egasi Yu Ben Yonning o`g`li va ikki ukasini poraxo`rlikda ayblab sud qilishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Yu Ben Yonning to`ng`ich o`g`li o`g`rilik uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. «Sevol» xo`jayinining ukalaridan biri ikki yilga, ikkinchisi esa shartli muddatga qamaldi.
Yu Ben Yonning o`zi «Sevol» cho`kib ketganidan so`ng qochib ketgan edi. Iyul oyida uning jasadi mamlakat janubidagi daladan topilgan edi. Biznesmenning o`limi sabablari ma`lum qilinmayapti.
Tergov versiyasiga ko`ra, kema egalarining qonunga rioya qilmagani «Sevol» halokatining sabablaridan biri bo`lgan. Xususan, ular paromga me`yoridan oshiq yuk ortilishiga yo`l qo`yib, xavfsizlik qoidalarini buzgan.
Eslatib o`tamiz, 2014 yil 16 aprel kuni bortida ekipaj a`zolari va 476 yo`lovchi bo`lgan «Sevol» paromi Koreya yarim orolining janubi-g`arbida cho`kib ketgan edi. Natijada 295 kishi halok bo`lgan, bir necha kishi bedarak yo`qolgan, deb e`lon qilingan.





