Bugun, 5 noyabr kuni Misr Poytaxti Qohirada maktab avtobuslarining biri o`z yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotib, benzin tashish uchun mo`ljallangan avtomobilga urilib ketdi. Natijada 18 kishi voqea joyida halok bo`ldi. Bu haqda news.day.az nashri Sky News Arabia telekanali ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra maktab avtobusining oldidan chiqib qolgan engil avtomobil uning o`z yo`nalishini kutilmaganda o`zgarishi va benzin tashish mashinasiga urilib ketishiga sabab bo`lgan. O`ndan ortiq maktab o`quvchilari turli tan jarohatlari bilan yaqindagi kasalxonaga etkazilgan.
Ularning axvoli og`ir, deb baholanmoqda.





