“Temir odam”, “Sherlok Xolms” kabi ajoyib filmlarda bosh rollarni mahorat bilan ijro etgan Kichik Robert Dauni ikkinchi bor ota bo`ldi. Bu haqda ru.hellomagazine.com nashri xabar beradi.
Bu safar 49 yoshli Robert Dauni-kichkina va rafiqasi 40 yoshli Syuzanlarning oilasida shiringina qizaloq dunyoga keldi. Ularning oilasida yangi chaqaloqning dunyoga kelishi haqida Gollivud aktyori o`zining Twitter’dagi sahifasida xabar bergandi.
Eslatib o`tamiz, Robert va Syuzanlarning Ekston ismli ikki yoshli o`g`illari bor. Aktyorning birinchi turmushidan ham 20 yoshli o`g`li bor.





