AsosiyJamiyat

Hafta oxirida O`zbekistonda qor yog`ishi mumkin

Joriy hafta oxiriga borib Farg`ona vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida havo harorati kechasi -3…+2, kunduzi +3…+8 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«O`zgidromet» ma`lumotlariga ko`ra, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida havo harorati kechasi -12…-7 daraja sovuq, kunduzi esa -2…+3 daraja iliq bo`ladi.

Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, 6−8 noyabr kunlari yomg`ir yog`ishi, ba`zi hududlarda esa yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar