Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shahar hammomlarida reydlar o`tkazishdi. Bu haqda Podrobno.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, reyd natijasida shaharning ikki hammomida ishratxona tashkil etilgani ma`lum bo`lgan. Ulardan biri Buxoro markazidagi «Dilkusho» bozoridagi sobiq jamoat hammomi bo`lsa, ikkinchisi shahar 6-son hammomida tashkil etilgan.
Qayd etishlaricha, «Dilkusho» bozoridagi jamoat hammomida «eng qadimgi kasb egalari»ning xizmat haqi arzonligi va «issiq suvli xonalar» borligi sabab, har qanday raqobatdan holi joy bo`lgan.
Ayni vaqtda, mahalliy aholining so`zlariga ko`ra, har ikkala hammom ham sanitariya talablariga javob bermas, rakovina va vannalar «yuz yillik zang» bilan qoplangan.
Xabar berishlaricha, 6-son hammom ta`mirlash ishlaridan so`ng o`z faoliyatini davom ettirayotgan bo`lsa, «Dilkusho» bozoridagi hammom buzib tashlanib, uning o`rniga yangi savdo rastalari qurilgan.





