Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani Ahmadzay o`z ismini Ashraf G`aniga o`zgartirdi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Fayek Vayaxidi xabar qildi, deya ma`lumot beradi lenta.ru nashri.
Shu bilan birga prezidentning ismidagi o`zgartirishlar barcha hujjatlarda ham o`z aksini topdi. Ahmadzai-Afg`onistondagi yirik pushtun qabilalaridan biri sanaladi. Ushbu qabila vakillari o`z ismi sharifining oxiriga qabilaning nomini qo`shib, o`zlarining ushbu qabilaga tegishli ekanliklarini bildirishgan.
Ashraf G`ani Ahmadzay Afg`onistondagi prezident saylovlarida g`alaba qozongan. Saylovlarning ikkinchi turi shu yilning 14 iyul kuni bo`lib o`tgan. Unga saylovchilarning 56,44 foizi o`z ovozlarini berishgan.





