Argentinaning prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner Buenos-Ayresdagi shifoxonalarning biriga yuqumli bezgak bilan yotqizildi, deya xabar beradi Day.Az El Dia nashri ma`lumotlariga tayanib. Shu bilan birga bu habarni prezidentning shifokorlari ham tasdiqlashgan.
“Prezident Kristina Fernandes de Kirshnerda yuqumli bezgak aniqlangach, uni Otamendi sanatoriysiga yotqizishga qaror qilindi. Bu erda u barcha tekshiruvlardan o`tadi va salomatligini tiklaydi” deyiladi shifokorlarning xabarida. Eslatib o`tamiz, 2014 yilning oktyabr oyida prezident faringit kasalligini boshdan o`tkazgan.





