AsosiyDunyo

And tog`larida ibtidoiy odamlarning dengiz sathidan 4500 metr balandlikdagi manzilgohlari aniqlandi

Peru hududidagi And tog`larida, dengiz sathidan 4500 metr balandlikda ibtidoiy odamlarning turar-joy izlari topildi, deb xabar bermoqda Sience jurnali. Bu ibtidoiy odamlar etib borgan eng yuqori joy hisoblanadi.

Olimlar eramizdan avvalgi o`ninchi mingyillikka tegishli deb hisoblayotgan bunday qarorgohlarda kislorod miqdori kam, quyosh nurlanishi kuchli va harorat haddan tashqari sovuq bo`lgan sharoitlarda ibtidoiy odamlar qanday yashay olgani hozircha aniqlanmagan.

Arxeologlar ikki manzilgohni o`rgangan bo`lib, Kunchayka g`orida qurollar bilan birga devoriy suratlar ham topilgani sababli bu erda yil bo`yi odam yashagani xulosa qilingan. Pukuncho g`orida esa lama ovi mavsumida odam yashaganidan dalolat beruvchi alomatlar topilgan.

Manba: daryo.uz

    Boshqa yangiliklar