Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg Pekindagi Sinxua universiteti iqtisodiyot va menejment maktabi talabalari oldida xitoy tilida chiqish qildi, deb xabar bermoqda «Vedomosti».
Ushbu maktabning maslahat kengashiga a`zo bo`lgan tadbirkor uchrashuv chog`ida nafaqat bayonot qilgan, balki ishtirokchilarning savollariga ham javob bergan. Sukerberg faqatgina xitoy tilida gapirgan, garchi uning aksent bilan so`zlagani tushunishni qiyinlashtirgan bo`lsa ham, talabalar baribir hayratda qolgan.
Uchrashuv chog`ida Sukerberg o`tgan yili o`z kompaniyasiga 20 nafar xitoylik talaba ishga olingani va kelajakda xitoylik muhandislarni olishni rejalashtirayotganini ma`lum qilgan. Xitoyda Facebook’ga kirish taqiqlanganiga qaramay, kompaniyaning Gongkongdagi ofisi xitoylik tadbirkorlar uchun reklama imkoniyatlarini taqdim etayotganini aytib o`tgan.
Manba: daryo.uz





