Abiturientlar va ularning ota-onalari xohish-istaklarini inobatga olgan holda Toshkentdagi Inha universiteti tayyorlov kurslariga ro`yxatdan o`tish muddatini 2014 yil 30 oktyabrgacha uzaytirdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq kurslarda o`qimoqchi bo`lganlar 27 oktyabrgacha ro`yxatdan o`tishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Kurs ta`lim dasturidan matematika, fizika (majburiy kurslar), ingliz va koreys tillari (tanlab olinadi) o`rin olgan.
Kurs yakunida talabalar sertifikatga ega bo`ladi. Yakuniy test natijalariga ko`ra matematika va fizikadan 60 va undan yuqori ball to`plaganlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
Ingliz tilidan 60 balldan yuqori olgan talabalar universitetga kirishda IELTS yoki TOEFL bo`yicha imtihon topshirishi shart bo`lmaydi. Yakuniy testlar Inha universiteti tomonidan nazorat qilinadi.
Kurslarda matematika va fizika bo`yicha eng yuqori ball to`plaganlar kurs narxining faqat 50 foizini to`lashi mumkin bo`ladi.
Shuningdek kirish imtihonlarida matematika va fizika bo`yicha eng yuqori ball yiqqan abiturientlar ingliz tili kursini to`lashdan ozod etiladi.
Yil yakunida matematika va fizika fanlari bo`yicha imtihonda eng yaxshi 5 nafar eng yaxshi abiturient tanlab olinib, Inha universitetiga kirgan taqdirda 1 yilga grant bilan taqdirlanadi.





