AsosiyShou-biznes

Kinorejisser Nabi G`anievning 110 yilligi munosabati bilan ko`rgazma o`tkazilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona doimiy ravishda bu erga tashrif buyuruvchilarni o`zbek xalqining etakchi ijodkorlari ijodi bilan tanishtirib kelmoqda. 23 oktyabr kuni “Ijod” zalida kinorejisser Nabi G`anievning 110 yilligi munosabati bilan ko`rgazma o`z ishini boshladi. Ko`rgazmada namoyish etilayotgan fotomateriallar va kitoblar mashhur kinematografning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi.

“Uzbekistan Today” axborot agentligi rasmiy saytida yozilishcha, Nabi G`anievich G`aniev (1904 – 1952) o`zining 48 yillik hayotining 30 yilini sevimli kasbiga bag`ishlagan. Bolaligida rassom bo`lishni orzu qilgan toshkentlik yigit 1924 yili Moskvadagi Oliy badiiy-texnik ustaxonaga o`qishni boshlaydi. U mana shu erda ilk marta filmlarni ko`radi va kino muhabbati paydo bo`ladi. 1925 yili Nabi G`aniev Toshkentga qaytib keladi va yaqinda tashkil etilgan “Sharq yulduzi” kinostudiyasida ishlay boshlaydi. Akter sifatida rollar ijro etadi, keyinchalik esa turli rejisserlarning assistenti bo`lib faoliyat ko`rsatadi. 1926-1929 yillardagi deyarli barcha filmlar titrlarida Nabi G`anievning ismi uchraydi.

1931 yili u o`zining ilk filmi – “Yuksalish”ni suratga oladi.
Uning “Nasriddining sarguzashtlari”, “Nasriddin Buxoroda”, “Tohir va Zuhra” filmlari nafaqat o`zbek tomoshabinlari, balki butun dunyo kino ixlosmandlarining sevimli filmlari hisoblanadi

Nabi G`aniev 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar