Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti - MISiS filialining tantanali ochilishi bo`lib o`tdi.
Mazkur marosim birinchi O`zbekiston-Rossiya Birinchi ta`lim forumi doirasida o`tkazildi. Tadbirda O`zbekiston respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vaziri I.Majidov, Rossiya Federasiyasi Fan va oliy ta`lim vaziri M.Kotyukov, “MISiS” Texnologiyalar Milliy tadqiqot universiteti rektori A.Chernikova, “Olmaliq tog`-kon metallurgiya kombinati” AJ raisi A.Xursanov va boshqalar ishtirok etishdi.
Mazkur filialda Tog` ishi, metullurgiya, texnologik jarayonlar, avtomatlashtirish va ishlab chiqarishni boshqarish, fakultetlari mavjud. O`quv jarayoniga mamlakatimizning etakchi mutaxassislari tanlov asosida tanlab olinadi. Keyingi yildan boshlab, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardan ham mutaxassislar jalb etilishi kutilmoqda.
2018-2019 yilda mazkur oliy o`quv yurtiga 150 nafar talaba qabul qilingan.


















Foto: Vladimir Mustafin, "Darakchi plyus".






