AsosiyMadaniyat

Vashingtonda "Islomxo`ja" badiiy-publisistik kartinasining premerasi bo`lib o`tdi

'Vashingtonda "Islomxo`ja" badiiy-publisistik kartinasining premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligi ma`lumotiga ko`ra, AQSh poytaxti Vashingtonda mazkur agentlik buyurtmasi bo`yicha suratga olingan "Islomxo`ja" badiiy-publisistik kartinasining premerasi bo`lib o`tdi.

XIX asr oxiri va XX asr avvalida Xiva xonligi voqealari haqida hikoya qiluvchi ushbu film tarixiy shaxs Islomxo`ja hayoti, faoliyati, uning taqdiridagi sirlarni oshkor etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Kartinaning postanovkachi rejissyori Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov. Kartinadagi rollarni Ulug`bek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodieva, Matyoqub Matchonov va boshqalar ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar