Avvalroq, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentyabrda Toshkentdan Londonga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 2 oktyabr kuni Birinchi Prezidentning nevarasi Imon Karimova instagramdagi sahifasida onasi Gulnora Karimova uyda ekanligi haqida ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Bosh prokuraturasi bergan xabarga ko`ra, Gulnora Karimova jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan aybdor deb topilgan va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan.






