FIFA prezidenti Janni Infantino dunyo futbolining ikki yosh superyulduzi bo`lmish Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messining hatti-harakatlaridan tong qotdi, deb yozmoqda Segodnya nashri.
Ikkala futbolchi ham 24 sentyabr kuni Londonda bo`lib o`tgan FIFA talqiniga ko`ra yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimiga kelmaslikka qaror qilishgan.
Eslatib o`tamiz, Messi yilning eng yaxshi o`yinchisi unvoniga da`vogarlar uchligiga ham kirmagan. Ronaldu esa final uchligiga kirgan, ammo mukofot o`zining sobiq klubdoshi Luka Modrichga nasib etgan.






