Amerikalik aktrisa Gvinet Peltrou turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda The Hollywod Reporter nashri.
Aktrisaning mahbubi bu safar “911” va “Dahshatlarning amerikacha tarixi” seriallari yaratuvchisidan biri Bred Felchak bo`ldi. To`y marosimi juftlikning do`stlaridan birining hovlisida bo`lib o`tgan. Marosimda ko`plab mashhurlar, jumladan, kichik Robert-Dauni, Kemeron Dias va Stiven Spilberg ishtirok etdi.
Bungacha Peltrou Coldplay guruhining solisti Kris Martinga turmushga chiqqan edi, ularning ikki farzandi bor.






