AsosiyJamiyat

Elektron auksion savdolarida tadbikorlarga 48 ta bo`sh er uchastkalari sotildi

'Elektron auksion savdolarida tadbikorlarga 48 ta bo`sh er uchastkalari sotildi'ning rasmi

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan fuqarolarni qo`llab-quvvatlash va ularga huquqiy tayanch bo`lish borasida samarali tadbirlar olib borilmoqda. Zero, tadbirkorlik taraqqiy topgan yurt iqtisodiy jihatdan rivojlanishi va yanada gullab-yashnashi hech kimga sir emas.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qaror asosida bo`sh turgan davlat mulk ob`ektlari, er uchastkalari investisiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi belgilandi.

Hozirga qadar MIB huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 1 ming 672 ta bo`sh er uchastkalari 371 milliard 378 million so`m investisiya kiritish, 4 mingdan ziyod yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan 4 milliard 76 million so`mlik bo`sh er uchastka va maydonlar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 48 ta bo`sh er uchastkalari 83 million 380 million so`m investisiya kiritish, 757 dan ortiq yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan 1 milliard 63 million 600 ming so`mga sotildi.

"E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1 ming 672 ta bo`sh er uchastkalari 4 milliard 76 million so`m miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan bo`lib tadbirkor va investorlar o`zlariga ma`qul bo`lgan er uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. Bu esa hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.

    Boshqa yangiliklar