AsosiyJamiyat

Samarqandda 1 tonnalik palov tayyorlandi (foto)

'Samarqandda 1 tonnalik palov tayyorlandi (foto)'ning rasmi

Samarqandda Butunjahon turizm kuniga bag`ishlab “Mega palov” tadbiri bo`lib o`tdi, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Unda 1 tonnadan ziyod osh damlandi.

Osh Camarqand shahrilik Abdumannon Nusratov boshchiligidagi 10 nafar oshpaz va ularning 5 nafar yordamchilari bilan tayyorlandi. Oshning pishirilish jarayonini 5 mingga yaqin mahalliy aholi tomosha qildi.

O`zbekning milliy taomi “Saxovat uyi”dagi yolg`iz keksalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, obodonlashtirish ishlari bilan band bo`lgan ishchi xodimlarga va sayyohlarga tarqatildi.

Shuningdek, Islom Karimov ko`chasida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan usta hunarmandlar yasagan hunarmandchilik buyumlari, atlas va adrasdan tikilgan liboslar namoyish etildi, qandolatchilik mahsulotlari savdosi tashkil etildi.

Ma`lumot o`rnida: osh tayyorlash uchun 100 litr yog`, 50 kilogramm piyoz, 300 kilogramm go`sht, 300 kilogramm sabzi, 300 kilogramm guruch va 50 kilogrammga yaqin turli ziravorlar solindi.

    Boshqa yangiliklar