AsosiySport

Elnur Abduraimov professional boksdagi faoliyatini g`alaba bilan boshladi

'Elnur Abduraimov professional boksdagi faoliyatini g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov bugun AQShda professional boksdagi birinchi jangini o`tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimizga mezbon bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. Quvonarlisi, Elnur ushbu jangda raqibini nokautga uchratdi va prof ringdagi faoliyatini g`alaba bilan boshladi.

Ma`lumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12ta jang o`tkazgan. Ularning 4tasida g`alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa mag`lubiyatga uchragan (5tasi nokaut).

    Boshqa yangiliklar