Bokschimiz Bahodir Jalolov professional ringdagi ikkinchi jangini o`tkazishi haqida xabar berib o`tgandik. Jangga oz vaqt qolganida uning raqibi o`zgardi. Bahodir avval ma`lum qilinganidek mezbon bokschi Tomas Xaukinsga qarshi emas, meksikalik charm qo`lqop ustasi Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko`tarildi.
E`tiborlisi, Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g`alabasini nishonladi.
Milliy olimpiya qo`mitasi xabariga ko`ra, Eduardo Vitelaning prof boksdagi janglari soni 6taga etdi. U bungacha 3ta g`alaba (2tasi nokaut) va 3ta mag`lubiyat (2tasi nokaut) qayd etgan.






