AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi o`qituvchi va murabbiylar uchun bayram dasturi tashkil qildi

'Toshkent shahar hokimligi o`qituvchi va murabbiylar uchun bayram dasturi tashkil qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1-oktyabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Siz doimo ardog`imizdasiz” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi, deb yozmoqda O`zA.

Poytaxtimizdagi “MultiMaFe” restoranida tashkil etilgan bayram dasturiga uzoq yillik tajribaga ega, barkamol avlod tarbiyasiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar taklif etildi.

IMG_20180929_175811_504.jpg

– Bayram arafasida ustoz va murabbiylarimizni qutlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilk bor mana shundan katta tadbir tashkil etildi, – deydi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati koordinatori To`rabek To`raev. – Toshkent shahridagi 80 nafarga yaqin maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar va oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarini taklif etdik. Biz imkon darajasida uzoq yillar davomida ta`lim tizimida namunali faoliyat yuritgan o`qituvchilarni saralab bayram dasturiga jalb etishga harakat qildik.

IMG_20180929_175816_377.jpg

Bayram dasturiga taklif etilgan ustoz va murabbiylar ko`p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar hokimligining esdalik sovg`alari va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar