AsosiyJamiyat

Bolalarning sevimli shoirasi 60 yoshda

'Bolalarning sevimli shoirasi 60 yoshda'ning rasmi

2018 yil sentyabr oyining 27 sanasida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Ma`naviyat va ma`rifat” zalida filologiya fanlari nomzodi, olima, pedagog, publisist, dramaturg, kinossenarist, tarjimon va taniqli bolalar shoirasi Kavsar Turdievaning 60 yilligiga bag`ishlab tantanali yubiley marosimi bo`lib o`tdi.

Ushbu yubiley marosimida Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti xodimlari va talabalari, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari, shoir va yozuvchilar, bolalar davriy nashrlari muharrirlari ishtirok etishdi.

Dastlab so`zga chiqqan Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Sultonov bolalarning sevimli shoirasi bo`lmish Kavsar Turdievaning 37 yillik halol mehnatini e`tirof etib, u kishining bolalar adabiyoti uchun qo`shgan hissalari ta`kidlab o`tdilar.

Shundan so`ng O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari Minxojiddin Mirzo so`z olib, shoira va tarjimon Kavsar Turdievani qutlug` 60 yoshlari bilan muborakbod etdilar va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy yorlig`i hamda qimmatbaho sovg`alari topshirib, o`zining dilbar she`ri bilan tadbir mehmonlarini hushnud etdi.

Shuningdek, tadbir davomida bolalar nashrlari tahririyati xodimlari ham kavsar Turdievani tabrikladi hamda o`ziga xos konsert dasturi o`tkazildi.

Ta`kidlab o`tish joizki, shu yili “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida Kavsar Turdievaning bolalarga atab bitgan so`nggi yillardagi ajoyib tuhfasi “Beg`ubor jilvalar” nazmiy to`plami nashr etildi.

Qolaversa, shu kunlarda Kavsar Turdieva tomonidan o`zbekchalashtirilgan Korney Chuvovskiyning “Do`xtir Voyjonim” to`plami chop etish arafasida turibdi.

Ma`lumot o`rnida: Kavsar Turdieva O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Eng ulug`, eng aziz!” tanlovining 2009 yildagi g`olibasi bo`lgan. Vatanga bag`ishlangan qo`shig`i esa 2010 yilda “Yagonasan muqaddas vatan!” tanlovida ikkinchi o`rinni egallagan. 2010 yil yakunlari bo`yicha “Bolalarning sevimli shoirasi” deya e`tirof etilgan.

O`zMAA “O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar