AsosiyJamiyat

Samarqandda harbiy xizmatchilar tomonidan bog`cha bolalari uchun bayram tashkil etildi

'Samarqandda harbiy xizmatchilar tomonidan bog`cha bolalari uchun bayram tashkil etildi'ning rasmi

Samarqand shahrida joylashgan 37-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida «Ma`naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni» munosabati bilan Samarqand garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan konsert dasturi uyushtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Markaziy harbiy okrug vakillari, okrug faxriylar ishlari bo`yicha kengash raisi O`lmas Shodiev, viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolajonlar o`rtasida shaxmat-shashka, rasm chizish kabi turli ko`ngilochar musobaqalar o`tkazildi. O`z qobiliyatini namoyish etgan bolalarga esdalik sovg`alari ulashildi.

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar bilan kitobxonlikka bag`ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, kinorejissyor Jo`ra Isroilov, aktyor Gulmurod Xudoynazarov, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati a`zosi Sayfiddin Akonov qatnashib, yig`ilganlar bilan samimiy suhbat uyushtirdi.

Jizzax viloyati kasaba uyushmasi tomonidan harbiy xizmatchilarga 150 dan ortiq jahon va o`zbek adabiyoti durdona asarlari sovg`a qilindi. Bundan tashqari tabir doirasida harbiy xizmatchilarning oila a`zolari uchun harbiy qismda joylashgan kutubxona bo`ylab ekskursiya tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar