AsosiyJamiyat

“IT-Life” − biz bilan axborot texnologiyalari yana-da yaqin!

'“IT-Life” − biz bilan axborot texnologiyalari yana-da yaqin!'ning rasmi

Ma`lumki, dunyo millionerlarining 30 % dan ortig`ini axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari bilan shug`ullanuvchi insonlar tashkil etadi. O`zbekistonda ham zamonaviy texnologiyalar va innovasiyalarga qiziquvchi yoshlar juda ko`p. Ularni sohaga qiziqtirish, motivasiya berish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yil boshida mamlakatimiz Prezidenti xuzurida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlarining hisobotida axborot-tahliliy internet kanalini yaratish vazifasi belgilab quyilgan edi. Ushbu internet kanalini tashkil etishdan maqsad axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini oshirish va targ`ib qilish, milliy internet segmentini xolis va ishonchli axborot bilan ta`minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, axborot xurujlariga qarshi “Jaholatga qarshi ma`rifat” tamoyili asosida yagona tizimni yaratish xisoblanadi.

Ushbu vazifani bajarish maqsadida ham “IT-Life” nomi ostida yangi internet kanal tashkil etildi va joriy yilning 10-martidan boshlab ushbu kanalning sinov efiri ishga tushirildi.

Bugungi kunda onlayn telekanal o`z faoliyatini mustaqil ravishda boshqarib kelmoqda. O`tgan vaqt mobaynida kanalning ijodiy guruhi tomonidan axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari sohasiga oid 50 dan ortiq ko`rsatuvlar, 10 dan ortiq ijtimoiy so`rovnomalar, ko`plab xujjatli film va qisqa metrajli mediamahsulotlar, shuningdek, turkum lavha va reportajlar tayyorlandi. Jumladan, qonunchilik vakillari ishtirokidagi “Tet-a-tet” ko`rsatuvida axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari mavzusiga doir ko`plab suxbatlar tashkillashtirildi.

Ayni damda “Men dasturchiman”, “Peshqadam yoshlar”, “Gazetalar sharhi” singari ko`plab turkum ko`rsatuvlar tayyorlab kelinmoqda. Ulardan maqsad − yosh dasturchilarni qo`llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarga oid yangi ishlanmalarni ommaga tanishtirish, tomoshabinlarning axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari sohasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish hamda yoshlarning bilim va salohiyat darayasini yuksaltirish xisoblanadi.

Bundan tashqari, so`nggi vaqtda axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari olamida biznesning o`rni va ahamiyatini ochib berishga mo`ljallangan IT-Biznes ko`rsatuvini tayyorlash va uni takomillashtirish ustida ham ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.

Xorijiy telekanallar tomonidan suratga olingan va teletomoshabinlar tomonidan sevib ko`riladigan “Muxandislik g`oyalari”, “Mega inshootlar”, “XXI asr mo`jizalari” singari hujjatli filmlar, “Robotlar jangi”, “Aqlli shaharlar” kabi turkum ko`rsatuvlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, tomoshabinlar e`tiboriga xavola etib kelinmoqda.

Ma`lumki, “IT- Life” internet telekanali o`zining ilk rivojlanish bosqichida turibdi. Ayni damda telekanalni mazmunan boyitish, uning faoliyatini qo`llab-quvvatlash va ko`rsatuvlarning rang-barangligini ta`minlash maqsadida qator tashkilot va bloggerlar tomonidan taklif etilayotgan hamkorlik loyihalari ustida ham ish olib borilmoqda. Ushbu hamkorlikning natijasi sifatida “MY5” telekanalining XashTaghamda Janubiy Koreyadagi o`zbek bloggeri Muhammad Raximovning Anyong Uzbekistansingari qiziqarli ko`rsatuvlarini misol qilib keltirish mumkin.

Axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari sohasiga oid eksklyuziv yangiliklar, shuningdek, mahalliy va xorijiy yangiliklar muntazam ravishda IT- Lifeaxborot-tahliliy dasturi orqali yoritib borilmoqda. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi bu kabi izlanishlar, taqdim etilayotgan ijodiy namunalar “Faol tabirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga aynan mutanosibdir.

“IT- Life” kanali ayni paytda sinov efirini tayyorlab, internet foydalanuvchilari e`tiboriga taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar telekanal dasturlari umumiy miqdorda 1 000 000 marotaba ko`rilgan.

Kanalimizni www.itlife.uz sayti orqali kuzatib boring.

Shuningdek, sizning qulayligingiz uchun dasturchilarimiz “Android” va “iOS” versiyalari uchun kanalimizning mobil ilovalarini ishga tushirishdi. Siz mazkur ilovalarni “Play Market” va “APP Store”da mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin. Ushbu ilovaning xizmatlaridan foydalanib, siz bizning kanalimizni onlayn tarzda yuqori sifatda tomosha qilish imkoniga ega bo`lasiz. Shu bilan birga, o`zingizga yoqqan ko`rsatuvni “Tanlanganlar” bo`limiga qo`shish orqali ciz uni kunning istalgan vaqtida, istalgan erda tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi.

“IT- Life” − biz bilan zamonaviy texnologiyalarga oid yangiliklarga yaqinroq bo`ling!

    Boshqa yangiliklar