O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasidan olingan xabarga ko`ra, 28 sentyabr soat 16.31da Toshkent shahar IIBB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga, Mirobod tumani, Nukus ko`chasi 83-uyda joylashgan “MAKRO” savdo-ko`ngilochar markazining erto`lasida joylashgan Bouling klubida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar tushgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining bergan axborotiga ko`ra, jangovar bo`linmalar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 17.20da bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida Bouling klubi uskunasining dvigateli va devor qoplamasi 15 kv.m. maydonda yongan.

Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yo`q.






