AsosiyDunyo

Falastin prezidenti Trampga murojaat qildi

'Falastin prezidenti Trampga murojaat qildi'ning rasmi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Trampga BMT Bosh assambleyasi minbaridan murojaat qilib, Al-Quddusni Isroil poytaxti, deb tan olish qarorini bekor qilishga chaqirdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Mahmud Abbos, shuningdek, AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Al-Quddusga ko`chirilishi qarorini bekor qilishni so`ragan. Falastin prezidenti falastin xalqi o`zini himoyalay olmasligi va shu sababli BMT davlatlarini xalqaro yordam ko`rsatishga chaqirgan. “Bizda 38 ta davlat, jumladan AQSh bilan terrorchilikka qarshi kurash bo`yicha kelishuv bor bo`lsa-da, qanday qilib ular bizni terrorchilar, deb atamoqda? Biz zo`ravonlik va terrorchilikni qo`llamaymiz, aksincha dunyoning istalgan nuqtasida zo`ravonlikka qarshi kurashamiz” dedi u o`z nutqida.

    Boshqa yangiliklar