Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o`g`irlik sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, shu yil 18 sentyabr kuni noma`lum shaxs “O`rikzor” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Sh.O`. ismli ayolga tegishli “Malibu” rusumli avtomashinaning orqa eshigi oynasini sindirish yo`li bilan ochib, salonidagi sumkasi ichidan 4 mln. so`m puli va 6 800 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.






