Gresiya poytaxti Afina shahrida tinimsiz yog`ingarchiliklar kuzatilmoqda, deya xabar berdi Vesti nashri.
Ikki soatdan oshiq davom etgan sel kelishi yo`llardagi avtomobil harakatlarini izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu tufayli 2 ta YTH ro`y bergan. Odamlar ko`chalarda suv kechib yurishga majbur bo`lishmoqda. Ayrim bino va uylar talofat ko`rgani xabar qilinmoqda.






