AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sayyohlar oilaviy mehmon uylaridan foydalanishlari mumkin

'O`zbekistonda sayyohlar oilaviy mehmon uylaridan foydalanishlari mumkin'ning rasmi

Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko`ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro`yxatga olindi, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochildi va natijada 50 dan ortiq ish o`rinlari yaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub`ektlarini rivojlantirishni yanada qo`llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.

Ushbu qarorga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bugungi kunda mazkur oilaviy mehmon uylari xorijiy va respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun xizmat qilmoqda.

Shuningdek, aholi tomonidan o`z uyida oilaviy mehmon uylari ochishga qiziqish tobora ortib bormoqda va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, uning hududiy bo`linmalariga oilaviy mehmon uylari ochish masalasiga oid 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, ular bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

photo5289662046964656538.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 631-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yo`riqnomada oilaviy mehmon uylarini ochish to`g`risida batafsil ma`lumotlar berilgan.

Unga ko`ra, oilaviy mehmon uyi faoliyatini amalga oshirishning bir qancha shartlari mavjud. Bunda yashash uchun qulay sharoitlar: obodonlashtirilgan hudud, telefon aloqasi, ko`rpa va to`shaklar, tabiiy va sun`iy yoritish vositalari, o`zbek, rus, ingliz tillarida oilaviy mehmon uyi nomi tushirilgan ma`lumot taxtasi, har bir mehmon uchun 3 metr kvadratdan kam bo`lmagan joy, sanitar-gigenik va xavfsizlik va boshqa talablariga javob berishi lozim. Mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish, turistlarni kengroq jalb etish uchun sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozli kreditlar ham taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar