O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 27 sentyabr kuni Tojikistonga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, sammit kun tartibidan turli sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga doir keng ko`lamli masalalar o`rin olgan.
Shuningdek, davlat rahbarlari 2019 yilda Hamdo`stlikka raislik qiladigan mamlakat, Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o`tkazish joyi va muddatini belgilash masalalarini ko`rib chiqadi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashadi.
O`zbekiston Prezidentining tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish ham ko`zda tutilgan.






