Filippin muxolifat senatori, sobiq dengiz kuchlari zobiti Antonio Trillanes davlat to`ntarishi va isyonda ayblanib qo`lga olingan edi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
2003-2007 yillarda mamlakat sobiq davlat rahbari Gloria Arrayo unga nisbatan amnistiya joriy qilgan edi. Biroq amaldagi prezident Rodrigo Duterte mazkur amnistiyani bekor qildi. Bunga esa u amnistiya talablarini bajarmaganini va mol-mulkini yashirgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. Antonio Trillanesning o`zi esa talablar bajarilmagani to`g`risidagi xabarni rad etib, uning arizasi prezident ma`muriyati tomonidan rad etilganini ta`kidlamoqda.






