Taylandning Pxre provinsiyasida bundan bir necha kun avval er-xotin o`z uyidan bedarak yo`qolgan edi, deb xabar bermoqda Mir24.tv nashri.
64 yoshli iste`fodagi tadbirkor va uning xotini 61 yoshli Nod Suddenning g`oyib bo`lgani to`g`risida yaqinlari polisiyaga xabar bergan edi. Polisiya olib borgan qidiruv ishlari natijasida ayolning jasadi topildi. Tekshiruvlar shuni ko`rsatdiki, er-xotin suiqasd qurboniga aylangan. Erkakning jasadi topilganicha yo`q. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar shaxs gumondor sifatida qo`lga olindi. Voqeaning qolgan tafsilotlari xabar qilinmagan.






