AsosiyDunyo

Isroilda 2 milliard dollarlik loyiha amalga oshirildi

'Isroilda 2 milliard dollarlik loyiha amalga oshirildi'ning rasmi

Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroporti va Quddus o`rtasida 2 milliard dollarlik loyihaning birinchi qismi amalga oshirildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Birinchi bosqich doirasida Ierusalim va Tel-Aviv aeroporti oralig`ida tezyurar poezd qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu yo`nalishda masofa qisqarib, sayyohat 40 daqiqani tashkil qiladi. Mazkur yangilikni bir necha yillardan beri odamlar intizorlik bilan kutayotgan edi. Yangi temir yo`l liniyasida tezlik soatiga 160 kilometrni tashkil qiladi.

Ushbu loyiha 2005 yilda rejalashtirilgan bo`lib, infratuzilmadagi moliyaviy muammolar va uning ortidan kelib chiqqan mojarolar saba to`xtab qolgan edi. “Biz bu kunni uzoq kutdik va bugun juda xursandmiz. Endi manzilimizga tez etib, ishimizni bitirib, ortga qaytishimiz mumkin” dedi mahalliy aholi vakillaridan biri.

    Boshqa yangiliklar