Toshkent shahrining Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko`chalari oralig`ida yangi yo`l ochilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent shahar aholisining ko`plab talablarini inobatga olgan holda poytaxt hokimligi va shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko`chalari oralig`ida yangi yo`l ochmoqda”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur ishlarni amalga oshirishda ushbu maydondagi daraxtlar kesilmaydi, balki boshqa hududga ko`chiriladi.






