Braziliyada chaqaloq zaharli chayon etti marta chaqqandan keyin omon qoldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ushbu holat mamlakatning sharqiy qismida Baiya shtatida sodir bo`ldi. Ona bolasini cho`miltirgandan so`ng, unga pampersni kiyib qo`yadi. Lekin pampers ichida chayon borligini ko`rmay qoladi. Bola nafasi bo`g`ilishi boshlanadi. Shundan keyin ayol zudlik bilan uni shifoxonaga olib boradi.
Shifokorlar bolani ko`zdan kechirganda, uning ichki kiyimlari orasida chayonni topib olishadi. Chayon bolaning kindik yaqinida etti marta chaqqan ekan.
Bolaga zudlik bilan zaharga qarshi dori qilishadi. Qizcha jonlantirish bo`limiga yotqiziladi. Bir necha kundan keyin o`ziga kela boshlaydi.
Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, chayon chaqqandan keyin ikki soat ichida zaharga qarshi dori qilinganligi tufayli bolani qutqarib qolishga muvaffaq bo`ldi.






