AsosiyDunyo

Liberiya Markaziy bankidan yo`qolgan 104 mln. dollarni joyiga qaytarilishini talab qilishmoqda

'Liberiya  Markaziy bankidan yo`qolgan 104 mln. dollarni joyiga qaytarilishini talab qilishmoqda 'ning rasmi

Liberiya ko`chalarida minglab odamlar Markaziy bankdan yo`qolgan 104 million dollar miqdoridagi mablag`ni joyiga qaytarilishini talab qilishmoqda, Ren.tv nashri.

Ular mazkur pullarni amaldorlar va bank rahbarlari o`zlashtirib olganini ta`kidlashmoqda. Hukumat vakillari aholiga murojaat qilib, yo`qolgan pullar, albatta, joyiga qaytarilishi va ushbu holat yuzasidan aybdorlar jazolanishini ma`lum qilishgan.

Odamlar ko`chalarda “Yo`qolsin korrupsiya” va “Biz sizni pulimizni o`g`irlash uchun saylamadik” kabi yozuvlar tushirilgan bannerlarni ko`tarib olishgan.Eslatib o`tamiz, o`tgan haftada ro`y bergan ushbu holat tufayli bir necha amaldorlarning vaziyat oydinlashmagunicha mamlakatdan chiqishi ta`qiqlab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar