Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2019 yil uchun Jurnalistika ixtisosligi bo`yicha tayanch doktorantura (PhD)ga o`qishga qabul qilishni e`lon qildi.
Bu haqida institut rahbariyati ma`lum qildi.
– Institutimizda avval 4ta ixtisoslik bo`yicha tayanch doktorantlari tayyorlanadigan bo`lsa, endi 10ta ixtisoslik bo`yicha talabanlar doktorantura (PhD)ga qabul qilinadi, – deydi intstitutning ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori Muyatdin Jalelov. – Institutimizdagi ilmiy talabdan kelib chiqib, Qoraqalpog`istonda ilk bor Jurnalistika ixtisosligi bo`yicha ham doktorantlar tayyorlanadigan bo`ldi.
Institutda avval yarim o`tkazgichlar fizikasi (01.04.10), O`zbekiston tarixi (07.00.01), Qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq adabiyoti (10.00.03), Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (19.00.06) ixtisosliklari bo`yicha ilmiy darajali pedagog kadrlar tayyorlangan bo`lsa, 2019 yildan Jurnalistika (10.00.09), Qoraqalpoq adabiyoti (10.00.12), Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (10.00.02), Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi (13.00.01), Ta`lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo`yicha. 13.00.02), Jismoniy tarbiya va sport mashqlari nazariyasi va metodikasi (13.00.04), Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (19.00.05) sohalarida doktorantlar tayyorlanadi.
Yangi qabul kvotasida Qoraqalpoq tili bo`yicha doktoranturaga qabul qilish nazarda tutilmagan.
Hujjatlar joriy yil 15 sentyabr – 16 oktyabr oralig`ida qabul qilinadi.
Eslatib o`tamiz, Qoraqalpog`istonda Jurnalistika bo`yicha bakalavr va magistr mutaxassislar faqat Qoraqalpoq davlat universitetida tayyorlanadi. Joriy o`quv yilidan boshlab, ushbu universitetda Jurnalistika bo`yicha qabul kvotalar soni oshirildi va sirtqi bo`lim ochildi. Talabalar o`zbek va qoraqalpoq guruhlarida ta`lim ola boshladi.
O`zA






