Braziliyada 2 sentyabr kuni yonib ketgan milliy muzey oradan bir qancha vaqt o`tgach, qayta ochildi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Alanga natijasida minglab noyob eksponatlar yonib ketgan bo`lishiga qaramay, ularning ayrimlari saqlab qolingan. Vayronalar orasidan topilgan buyumlar qayta tiklanib, ochilish marosimida namoyishga qo`yildi. Paleontologiya bo`limida olovdan omon qolgan 11.500 yillik bosh suyaklarini ko`rish mumkin. Arxeologik bo`limdan esa Misrdan topilgan ayrim eksponatlar joy olgan.






