Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi kelasi yil bo`lib o`tadigan milliy saylovlarga hozirdan tayyorgarlik ko`rmoqda, deya xabar qilmoqda Meduza.io nashri.
U o`z imkoniyatini oshirish maqsadida yarim milliardga yaqin kambag`allarga bepul tibbiy xizmat ko`rsatish maqsadida dunyodagi eng katta sog`liqni saqlash dasturini ishga tushirdi. Bu esa 100 mln. oilaga tibbiy ko`mak deganidir. "Modicare" tizimi doirasida jiddiy kasalikka chalingan odamlarga bepul davolanish uchun yiliga 500,000 rupiy ajratadi. Modi shifoxonalar va shifokorlar etishmaslik masalasini ham hal qilishga va`da berdi.






