Yurtimiz bo`ylab 1 oktyabr – o`qituvchi va murabbiylar kuni bayrami yaqinlashayotgan bir asnoda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Bolalar kitobi” Respublika festivali tashkillashtirilmoqda.
Mazkur festival 25-26 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. Festival tadbirlari doirasida Respublikamizning etakchi nashriyotlari tomonidan nashr etilgan bolalar kitoblari, chunonchi, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy, ma`naviy-ma`rifiy, ensiklopedik kitoblarning taqdimotlari, chegirmali kitob savdosi, shuningdek, bolalar adib va shoirlari, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkaziladi.
Festival O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Qolaversa, festivalning badiiy qismidan “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” mavzusidagi teatrlashtirilgan konsert dasturi hamda turli viktorinalar ham o`rin olgan.
Barcha kitobsevarlarni, xususan, jajji kitobxonlarni “Bolalar kitobi” Respublika festivaliga taklif etib qolamiz!
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi
“O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Matbuot xizmati






