Kolumbiyaning Guadas shahrida bir avtomobil odamlarni bosib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.
YTH natijasida 8 kishi halok bo`lgan, yana 10 kishi qattiq jarohat olgan.
Muzqaymoq va yogurt olib ketayotgan ikki avtomobil ag`darilib ketgan. Keyin odamlar to`plana boshlagan. Shu payt yana bir avtomobil to`g`ri odamlarga tomon kelib ularni urib yuborgan. Taxminlarga ko`ra, avtomobilning tormozi ishdan chiqqan bo`lishi mumkin.






