Kanadaning Ottava, Ontario va yana bir qancha shaharlarida kuchli tornado kuzatildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Manbaning xabar berishicha, tabiiy ofat sabab kamida 5 kishi jiddiy jarohat olib, kasalxonaga olib ketilgan. Shuningdek binolar va uylarga ham jiddiy zarar etgan. Shamol daraxtlarni ag`darib yuborgan. Tornado xavfning 5-darajasi sifatida baholangan. U bir necha soat davom etgach, bo`ron to`xtagan. Biroq hozirgacha Otavva osmonida qora quyun aylanib yuribdi. Bu esa tornado takrorlanishi mumkinligini anglatadi.






