AsosiyDunyo

Kosta-Rika qochoqlarga to`ldi

'Kosta-Rika qochoqlarga to`ldi'ning rasmi

Kosta Rikaning San-Xose shahri ko`chalari Nikaragulik qochoqlarga to`lib bormoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Ular o`z mamlakatlarida prezident Daniel Ortegaga qarshi o`tkazilgan norozilik namoyishidan so`ng, kelib chiqqan tartibsizlikdan keyin qo`shni Kosta- Riko chegaralaridan noqonuniy tarzda o`tishgan. Hozirda ko`chalarda o`z oilalari bilan kun kechirayotgan muhojirlar soni 300 nafardan oshdi.

Qochoqlar oqimining kirib kelishi esa davom etmoqda. Kosta-Rika hukumati bunga qarshi choralar ko`rganicha yo`q.Eslatib o`tamiz, Nikaraguada bo`lib o`tgan norozilik namoyishlari va uning ortidan kelib chiqqan zo`ravonliklar oqibatida yuzlab insonlar halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar