AsosiyDunyo

Dunyoda ichkilikbozlik oqibatida vafot etayotganlar soni ortib bormoqda

'Dunyoda ichkilikbozlik oqibatida vafot etayotganlar soni ortib bormoqda'ning rasmi

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining so`nggi bayonotiga ko`ra, har yili dunyoda 3 million kishi alkogolli ichimliklar ichish oqibatida hayotdan ko`z yumadi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda ularning asosiy qismini 15-49 yosh oralig`idagilar tashkil qiladi. Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, spirtli ichimlik tufayli vafot etish holatlari kambag`allar orasida ko`p uchraydi. Evropada dunyodagi aholi jon boshiga spirtli ichimliklar iste`moli bo`yicha eng yuqori ko`rsatgichga ega bo`lsa-da, 2010 yildan buyon bu ko`rsatgich 10 foizga kamaygan. Hozirda Evropada ichkilikbozlik biroz kamaygan bo`lsa-da, ammo dunyo miqyosida olidagan bo`lsa, mazkur ko`rsatgich ortib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar