Tanzaniyadagi Viktoriya ko`lida yo`lovchi parom halokatga uchragan edi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Hozirga kelib, qurbonlar soni keskin ortib 136 kishiga etgan. U Yukora orolida ag`darilib ketgan. Halokat vaqtida parom bortida 200 kishi bo`lib, parom aslida taxminan 100 kishiga mo`ljallangan. Bu esa kema ko`tara oladigandan 2 marta ko`proq odam deganidir.
Bundan tashqari, paromga turli yuk, jumladan makka solingan qoplar, banan va sement ortilgan edi.Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mazkur fojea munosabati bilan mamlakatda 4 kunlik motam e`lon qildi.






