AsosiyJamiyat

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 100 mlrd.so`m ajratiladi

'Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 100 mlrd.so`m ajratiladi'ning rasmi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Mikrokreditbank” ATB hamkorligida uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi, deb xabar berdi qo`mitasi matbuot xizmati.

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad - respublikamiz iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi ulushini oshirish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishni yo`lga qo`yish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirishda moddiy va tashkiliy ko`mak berishda hamkorlikni yo`lga qo`yishdan iborat.

Mazkur kelishuvga ko`ra joylardagi tuman (shahar) hokimining o`rinbosari - xotin-qizlar qo`mitasi raisining imtiyozli kreditlash bo`yicha tavsiyanomasi asosida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash yoki rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda xotin-qizlar tashkil etgan yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 1500 baravarigacha miqdorda yillik 7 foizdan imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ushbu maksadlar uchun Xotin-kizlar va oilani kullab-kuvvatlash jamoat Fondi tomonidan 100 mlrd.so`m ajratilishi ko`zda tutilgan.

Tadbirda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarning echimini topish, tadbirkorlik qilish istagi bor bo`lgan xotin-qizlarga to`g`ri yo`nalish ko`rsatish yuzasidan kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar